21 iyu 19:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Korme jahondagi eng yaxshi engil vaznli MMA jangchisi kimligini aytdi
UFC sobiq chempioni Daniel Korme Islam Maxachev haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Dog'istonlik sportchilar juda istedodli ekanligini aytsam hayron qolishingiz mumkin, ammo jahon chempionatlari va xalqaro turnirlarda ishtirok etuvchilar buni yaxshi bilishadi. Men jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritganimda Rossiyadan 5-6 nafar chempion bor edi, ularning aksariyati Dog'istondan edi.
Ular kurashishni biladi. Avval Xabibni, keyin esa Islamni ko'rganimda bunga ishonch hosil qilganman. O'shanda o'ylagandim - agar dog'istonliklar MMA bilan shug'ullanishni boshlashsa, bu butun jahon uchun muammoga aylanadi. SHunday ham bo'ldi. Maxachev hozir engil vaznda jahonning eng yaxshi jangchisi. Uning tengi yo'q, u kurashda o'ziga juda ishonadi", - dedi Korme.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar