13 iyu 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Korme Romeroning chaqiruviga javob qaytardi: “Orzu qilishda davom et!”
Aralash qoidalar bo'yicha ikki vaznda UFC chempioni Daniel Korme o'rta vaznda UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar Yoel Romerodan taklif oldi.
Romero yarim og'ir vazn toifasiga o'tishni rejalashtirmoqda. Yoel o'zining Tvitterdagi sahifasida Danielga murojaat qilib, uni o'zaro jang o'tkazishga chorladi. Korme esa bu chorlovga o'ziga xos tarzda javob qaytardi.
“Romero, sen bilan mening o'rtamda katta tafovut bor. Sen so'nggi ikki jangingda vazn borasida muammoga duch kelib, jamoangni uyaltirding. Men esa oxirgi ikkita jangimda ikkita chempionlik kamarini qo'lga kiritdim. SHunday ekan, orzu qilishda davom et!”, - dedi Korme.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar