16 sen 09:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Kormeda Miochichga qarshi jangdan avval koronavirus bo'lgan
Ikki vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Daniel Korme chempion Stipe Miochichga qarshi jangdan avval koronavirus bilan kasallangan.
“Mag'lub bo'ldim, hech qanday bahona qilish niyatim yo'q. Miochich menga qarshi jangga ajoyib tarzda tayyorlangandi va u g'alaba qozondi. Men o'zimdan xursandman. CHunki kasal bo'lganimga qaramasdan oktagonga chiqdim va besh raund turib berdim”, - dedi Korme.
Eslatib o'tamiz, Daniel Stipega qarshi kechgan uchinchi bahsda ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar