20 iyu 08:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Kostya Czyu: "Beterbiev Kaneloga qarshi kuchli qarshilik ko'rsatardi"
Yarim o'rta vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Konstantin Czyu Saul Alvaresga qarshi jangda Beterbievning imkoniyatlarini yuqori baholadi.
"Uning mashg'ulotlarini kuzatishimiz kerak. Artur shubhasiz, Kaneloga kuchli qarshilik ko'rsatgan bo'lardi. Ammo, qiyin jang bo'lishi aniq. Arturda imkoniyat bormi? Albatta, bor!" — dedi Czyu.
Eslatib o'tamiz, Artur Beterbiev kecha ikkinchi raundda Jo Smitni nokautga uchratib, WBO kamarini qo'lga kiritgandi. SHu bilan birga Beterbiev WBC va IBF chempionlik kamarlarini ham himoya qildi. Aynan shu vazn toifasida Dmitriy Bivol WBA kamari sohibi hisoblanadi.
Avvalroq Bivol Saul Alvaresni hakamlar qarori bilan mag'lub etib, chempionlik unvonini himoya qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar