26 may 09:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Kostya Czyuning o'g'li chempionlik kamarini himoya qildi
Avstraliyada navbatdagi professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan birida 23 yoshli Tim Czyu o'ziga tegishli bo'lgan birinchi o'rta vazn toifasidagi WBC Asian Boxing Council continental chempionlik kamarini munosib tarzda himoya qildi. Tim to'rtinchi raundda indoneziyalik Larri Sivuni nokautga uchratdi.
Malumot uchun, Czyu bir yarim yil ichida 9ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alabaga erishdi. Ettita jangda raqiblarini nokautga uchratdi. U mashhur bokschi Konstantin Czyuning to'ng'ich farzandi hisoblanadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar