31 jan 08:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Kozimbek Mardonov prof ringda debyut qildi + FOTO
Xabar berib o'tganimizdek, boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Kozimbek Mardonov bugun AQSHda prof ringdagi ilk jangini o'tkazdi.
Mayamida tashkil etilgan jang oqshomida hamyurtimizga argentinalik Marselo Rubin Molina raqiblik qildi.
4 raundga mo'ljallangan jang 2-raundda nihoyasiga etdi. Bokschimiz ikkinchi raundda raqibini muddatidan oldin taslim etdi.
SHu tariqa, Mardonov prof ringdagi debyutini g'alaba bilan nishonladi.
Molinaning janglari bugungisisi bilan qo'shib hisoblaganda 43 taga etd. U janglarining 23 tasida g'alaba qozongan. (19 ta nokaut). 19 ta jangda esa mag'lub bo'lgan (16 ta nokaut). 1 marotaba durang qayd etgan.
www.olamsport.com sayti Kozimbek Mardonovni bugungi muvaffaqiyatli debyut bilan muborakbod etadi.
Havola :
Manba : Olamsport
Fikrlar