06 noy 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Kuillidan revansh olgan "Pitbull" yana Bellator chempioniga aylandi FOTOGALEREYA
Irlandiya poytaxti Dublin shahrida navbatdagi Bellator oqshomi bo'lib o'tdi.
Bellator 270 turnirining markaziy jangi engil vazn toifasida vakant qolgan chempionlik kamari uchun kechdi. Unda irlandiyalik Piter Kuilli braziliyalik Patriki Freyrega qarshi oktagonga ko'tarildi.
«3Arena» stadionida o'tgan oqshomning revansh maqomidagi ushbu jangi birinchi raundning o'zida yakunlandi. 35 yoshli Patriki Freyre 32 yashar Piter Kuillini nokautga uchratdi va Bellator chempioniga aylandi. Bu bilan u o'tgan yilning may oyida Bellator 258 turniridagi mag'lubiyat uchun ham revansh oldi.
Malumot uchun, Freyre MMAda 24 g'alaba va 10 mag'lubiyat qayd etgan. Piter Kuilli esa kecha faoliyatidagi oltinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 12 g'alaba ham bor.
Havola :
Manba : mmajunkie.usatoday.com
Fikrlar