02 noy 17:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Kun fotolari: Abdumalik Xalakov va uning g'alabali saltosi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkent shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqa doirasida o'smirlar Olimpiadasi chempioni, 2019 yilgi "Rufat Risqiev kubogi" sohibi Abdumalik Xalakov O'zbekiston chempionatidagi yurishini boshladi.
U ilk jangini farg'onalik Bunyodjon Ahmedovga qarshi o'tkazdi va katta ustunlik bilan g'alaba qozondi.
Abdumalik ushbu g'alabasidan so'ng o'z ananasiga sodiq qolgan holda salt bilan nishonladi. Saytimiz fotomuxbiri ushbu saltoni ketma-ketlikda suratga oldi.
Etiboringizga ushbu suratlarni havola qilamiz.
Suratlar muallifi: Aziz To'xtamurodov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar