So’nggi yangiliklar

14:52"Менга катта номлар ва катта пуллар керак". Чимаев Перейра билан жангни хоҳлаяпти 0 14:27Велотрек бўйича Тошкент Гран-при турнири якунланди 0 14:03Трамп — Оқ уйдаги UFC турнири ҳақида: "Бутун мамлакатимиз таклиф қилинади. Кириш бепул" 0 13:40Алабанинг хизматлари "Ювентус" ва "Милан"га таклиф этилди 0 13:13Самарқанд мезбонлик қиладиган Mangu 3 турнири қачон ўтказилиши маълум бўлди. Турнирнинг илк жанги ҳам эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 12:38Стрикленд — Чимаев билан спарринг ҳақида: "Кичкина каламуш. Сен шунчаки ожиз инсонсан" 0 12:12Отабек Умаров FIA Сенати йиғилишида қатнашди 0 11:39Мураббий буталар орасидан рақиб машғулотини кузатгани учун иш очилди 0 11:11"Илк сонияданоқ унинг жағини пойлайман". Топурия — Гэтжи билан жанг ҳақида гапирди 0 10:38Андижон ҳокими ЖЧ совриндори Абдулло Алиевни уй билан мукофотлади (ВИДЕО) 0 10:12Хамзат Чимаев кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 09:45Бруну Фернандеш мавсумнинг энг яхшиси деб топилди 0 09:16Аёллар терма жамоамизнинг ҳам Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркиблари эълон қилинди 0 08:39"У ичиб олганми?" Чимаев Макгрегорнинг сўзларига жавоб қайтарди 0 08:13Istanbul Open. Тимофеева ярим финалда, Кудерметова эса... 0

25 noy 17:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Kurash. Ashxabod mezbonligidagi Jahon chempionati 40 ga yaqin davlatda yoritiladi

Bugun Ashxbod shahridagi Sport mehmonxonasida Kurash bo'yicha katallar o'rtasidagi XIV-Jahon chempionati oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda Jahon chempionati tashkiliy qo'mitasi azolari, Xalqaro Kurash associaciyasi Prezidenti Haydar Farman, IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiriy, mahalliy xalqaro OAV vakillari ishtirok etishdi.

Anjumanni Turkmaniston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Ata Ataev chempionatga tayyorgarliklar bo'yicha hisoboti bilan ochib berdi.

Darhaqiqat, Jahon chempionati tashkiliy jihatidan juda yuqori standartlar asosida o'tkazilmoqda. Unda 300 nafardan ortiq volontyor, 500 ga yaqin shifokor, haydovchi, xafvsizlik xizmatiga masul insonlar jalb etilgan. Ayni kungacha dunyoning barcha qitasidan 500 ga yaqin  ishtirokchilar Ashxabodga etib kelishmoqda.

SHundan so'ng IKA Prezidenti so'zga chiqdi va tashkilotchilarga va shaxsan Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Serdar Berdemuxamedovga Dunyo Kurash oilasi nomidan samimiy minnatdorchiligini izhor qildi.

Turkmaniston so'ngi yillarda barcha sohalarda va xususan sport sohasida ham barqaror rivojnalayotganligi etirof etdi.

2017 yilda Ashxabod juda yirik sport o'yinlariga mezbonlik qilgan edi.  Yopiq inshoatlar va jang sanatlari bo'yicha V Osiyo o'yinlari eng yuqori darajada tashkil etilganligini malum qildi.

Kurash bo'yicha Jahon chempionatini mediada yoritilishi uni tashkil etilganidek yuqori bo'lishidan umid qilishini aytib o'tdi.

Kurash musobaqalarini keng miqyosda targ'ib qilishda IKA  barcha OAV va sport jurnalistlari bilan hamkorlik qilishga tayyorligi bildirdi.

Yig'ilishda so'zga so' navbati  Turkmaniston davlat teleradio va kinomatografiya davlat qo'mitasi Raisi o'rinbosari Annasehat Kakayev ga berildi. 

Janob Kakaev Kurash bo'yicha kattalar o'rtasida XIV jahon chempionatini keng miqyosda yoritish joriy yilning avgust oyidan boshlanganligi malum qildi. SHu kungacha mahalliy va xorijiy OAVlarda 10 mingga yaqin yangiliklar, xabar va teleko'rsatuvlar elon qilindi.

CHempionatning mamlakatning 11 ta telekanallarida keng yoritiladi.

Ochilish marosimi, musobaqa jarayonlari  Sport va Yoshlik telekanallari orqali to'g'ridan to'g'ri efirga uzatiladi. Jonli efirlar “Turkmen Hemrasy”suniy yuldosh tizimi orqali ham 40 ga yaqin davlat hududida tarqatiladi.

SHuningdek, Kurash bahslari Asia–Pacfic Broadcasting Union (ABU), Varzish (Tajikistan), Sport (Uzbekistan) telekanallarida ham efirga uzatilishi bo'yicha kelishuvlarga erishilgan.

Bundan tashqari Euronews, MIR24, AIPS, AVN, TRT, CCTV va boshqa dunyoning eng nufuzli axborot agentliklari muxbirlari ham akkredetaciyadan o'tkazilgan va ular chempionatni yoritishda ishtirok etishmoqda.

Matbuot anjumani davomida IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiriy so'zga chiqdi. U sport musobaqalarni yoritish o'sha sport nafaqat tomashabinlari uchun balki sportning yanada rivoji uchun ham muhimligini etirof etdi.

Kurash bo'yicha kattalar o'rtasida XIV Jahon chempionatini yoritishda faollik ko'rsatayotgan barcha OAV vakillariga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

SHuningdek, to'g'ridan to'g'ri efirlar Turkmaniston teleradiokanallari yordamida Youtube platformasida ham jonli efirga uzatilishi rejalashtirilganligi elon qildi. Bu chempionatda ishtirok etaolmayotgan milliy federaciyalar uchun ham juda qiziqarli bo'liishini malum qildi.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionatining rasmiy ochilish marosimi 25 noyabr kuni, kurash bahslari esa 27-28 noyabr kunlari bo'lib o'tadi.


Reyting:    

Fikrlar

   
26 noy 07:17:02
baksyor
Jangni qanday kursak buladi?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing