11 iyu 12:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Lesnar USADA testidan o'tadi va yanvarda oktagonga qaytadi
Aralash qoidalar bo'yicha og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Brok Lesnar rasman UFCga qaytmoqda.
USADA rasmiylari Brokning tez orada doping tekshiruvdan o'tishini malum qilishdi. Har bir sportchi malum bir muddatdan so'ng faoliyatini qayta tiklaganidan so'ng olti oy davomida USADA tashkilotida doping tekshiruvdan o'tishi lozim.
SHu tariqa, Lesnar 8 yanvar kuniyoq oktagonga chiqishi mumkin. Lesnar o'tgan hafta UFC 226 shousida mehmon sifatida ishtirok etgan va UFC chempionligini qo'lga kiritgan Daniel Kormega jang taklif qilgandi. UFC prezidenti Dana Uayt ham tez orada Lesnar va Korme o'rtasida jang tashkil qilishga vada bergan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar