14 iyu 13:21
Yangiliklar
Futbol
"Leypcig" Gvardiolni sotishga tayyor. Nemis klubi futbolchiga narx belgiladi
Xorvatiyalik himoyachiga bir qancha gigantlar qiziqish bildirmoqda.
"Leypcig" va Xorvatiya markaziy himoyachisi Yoshko Gvardiol so'nggi mavsumlarda butun qitada o'z muxlislarini to'pladi. CHempionlar Ligasining yangi g'olibi "Manchester Siti" uni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Biroq "FanSided" malumotlariga qaraganda, "Leypcig" 21 yoshli futbolchi uchun rekord darajadagi summa – 75 million funt talab qiladi. Bu Gvardiolni futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylantiradi.
21 yoshli xorvatiyalikning "Leypcig" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 75 million evroga baholamoqda.
Gvardiol joriy mavsum "Leypcig" safida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta to'p kiritdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar