08 iyu 08:35
Yangiliklar
Futbol
Lionel Messi: "Parijdagi ikki yilim baxtsiz o'tdi"
Lionel Messi "Inter Mayami"ga o'tishi oldidan katta intervyu berdi va barcha savollarga javob qaytardi.
Xususan, Messi PSJdagi hayoti baxtsiz o'tgani va oilasiga kam vaqt ajratganidan afsusda ekanini takidladi.
"Parijda o'tkazgan ikki yilim baxtsiz o'tdi. Men o'zimdan qoniqmadim. Bu narsa esa oilaviy hayotimga yomon tasir ko'rsatdi. Bolalarimning maktabdagi juda ko'p qiziqarli onlarini o'tkazib yubordim. Barselonada men ularga ko'proq vaqt ajratar edim. Parijda esa bu narsa kamayib ketdi. Futbolda barcha narsaga erishdim. Endi esa sportdan biroz chekinib, oilamga juda ko'p vaqt ajratmoqchiman. Barselona"ga qaytish o'xshamagan taqdirda, Evropadan ketishni istagandim. Endi etibor markazidan qochib, oilamga ko'proq etibor bermoqchiman", - deydi Lionel Messi.
Havola :
Fikrlar