30 may 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko operaciya qilinadi, 25 avgust kungi jang o'tkazilmaydi
Engil vazn toifasida WBA chempioni Vasiliy Lomachenko 25 avgust kuniga belgilangan jangida ringga chiqa olmaydi.
Ukrainalik jahon chempioni Xorxe Linares bilan bo'lib o'tgan jangida elkasidan jarohat olgan edi. SHifokorlar tibbiy tekshiruvdan so'ng bokschi jarrohlik stoliga yotishi kerak degan xulosaga kelishdi.
Xirurg-ortopedning so'zlariga qaraganda, operaciya artroskopik usulda o'tkaziladi. Hammasi joyida bo'lsa, Lomachenko oktyabr oyida mashg'ulotlarni boshlashi va ringga Top Rank kompaniyasi tomonidan 8 dekabr kungi boks oqshomida chiqishi mumkin.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar