01 iyu 08:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko operaciya qilindi, u oktyabrda mashg'ulotlarni boshlaydi+FOTO
Professional boksning engil vaznda WBA chempioni ukrainalik Vasiliy Lomachenko elkasidan operaciya qilindi.
Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tdi. Operaciyani xirurg-ortoped Neyl ElAtrache o'tkazdi. Bu jarroh o'z vaqtida Menni Pakyao, Vitaliy Klichko, Andre Berto kabi boks yulduzlari, shuningdek, Kobi Brayant, Tom Breydi singari sport afsonalarini operaciya qilgandi.
ElAtrachening aytishicha, Lomachenko oktyabr oyidayoq mashg'ulotlarni boshlashi mumkin. Bokschining promouteri Bob Arumning so'zlariga qaraganda, Vasiliy dekabr oyida WBO chempioni Rey Beltranga qarshi ringga ko'tarilishi mumkin ekan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar