17 may 08:53
Yangiliklar
![](/upload/storage/38832_220.jpg)
Lomachenko P4P reytingida ikkinchi o'ringa ko'tarildi+TOP-10!
Elon qilingan yangi reytingda ikki vazn toifasida jahon chempioni Vasiliy Lomachenko ikkinchi o'ringa ko'tarilib olishga muvaffaq bo'ldi. Ukrainalik chempion o'tgan hafta engil vazn toifasi chempioni Xorxe Linaresni nokautga uchratib, raqibining kamarini tortib olgandi.
Aynan shu g'alaba sabab Lomachenko P4P (pound for pound) reytingidagi o'rnini yaxshilab oldi. Ushbu reytingda qozog'istonlik jahon chempioni Gennadiy Golovkin karvonboshilik qilmoqda. Kuchli uchlikka amerikalik Terens Krouford yakun yasagan.
P4P The Ring reytingi:
1. Gennadiy Golovkin (Qozog'iston)
2. Vasiliy Lomachenko (Ukraina)
3. Terens Krouford (AQSH)
4. Saul Alvares (Meksika)
5. Mayki Garsiya (AQSH)
6. Srisaket Sor Rungvisai (Tailand)
7. Naoya Inoue (Yaponiya)
8. Errol Spens (AQSH)
9. Sergey Kovalyov (Rossiya)
10. Gilermo Rigondo (Kuba)
Fikrlar