05 okt 18:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenkoning menejeri mutlaq chempionlik jangi haqida gapirdi
Ukrainalik bokschi Vasiliy Lomachenkoning murabbiyi Egis Klimas Xeyni - Kambosos o'rtasidagi jang g'olibi bilan o'tkaziladigan to'qnashuv haqida gapirdi.
"Lomachenko mutlaq chempionlik uchun jang qilmoqchi. Vasiliy - WBO yo'nalishi bo'yicha majburiy davogar. Ammo Xeyni va Kambosos revanshga kelishib olishdi. Bu katta jang va biz majburiy himoya bo'yicha qatiy turib olishni istamadik. Vasiliy keyingisi.
Ko'rinishidan, Xeyni va Kambosos revanshdan so'ng u bilan uchrashishga tayyor. Biz ham bunga tayyormiz. Jang qachon bo'ladi? Mart yoki aprelda", - dedi Klimas.
Havola :
Manba : Talksport
Fikrlar