27 noy 08:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Lopes va Kambosos taroziga chiqishdi
Bizning vaqt bilan ertaga tongda AQSHning Nyu-York shahrida professional boks kechasi o'tkaziladi.
Ananaga ko'ra, jangdan bir kun oldin ishtirokchilarni rasmiy tarozidan o'tkazish marosimi bo'lib o'tdi. Oqshomning markaziy jangi engil vazn toifasida WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Teofimo Lopes hamda IBF kamariga davogar Jorj Kambosos o'rtasida kechadi.
Tarozida Teofimo Lopes — 61,2 kg, Jorj Kambososa — 60,9 kg vaznga ega ekani oydinlashdi.
Eslatib o'tamiz, Lopes so'nggi jangida ukrainalik Vasiliy Lomachenkoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, raqibining bir yo'la uchta chempionlik kamarini tortib olgandi. Kambosos esa oxirgi jangida Li Selbidan ustun kelgan edi.
Havola :
Fikrlar