09 noy 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov navbatdagi jangi haqida malumot berdi
CHexiya poytaxti Praga shahrida mashg'ulotlarni boshlab yuborgan Mahmud Muradov navbatdagi jangi haqida berilgan savolga javob qaytardi.
"Yangi raqib va jang sanasi yuzasidan javob kutyapmiz. Mag'lubiyatga uchragan jangimdan keyinoq biz UFC promousheni rahbarlariga navbatdagi jangga tayyor ekanimiz, bizga raqib berishlarini so'rab, murojaat qilganmiz. Ular kutinglar deb aytishgandi. Hozir kutyapmiz. Yangilik bo'lgan zahoti xabarini beramiz. Ko'nglim hotirjam, chunki UFC bilan amalda shartnomam bor", - deydi Muradov.
Eslatib o'tamiz, Muradov 29 avgust kuni Las-Vegasda o'tgan UFC Vegas 35 turnirining asosiy kardida Jerald Mirshertga qarshi oktagonga ko'tarilgandi. Ushbu jangning ikkinchi raundida Mirshert Muradovni bo'g'ib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar