18 okt 12:57
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor 105 minglik stadionda UFC turnirini o'tkazishni taklif qildi
UFCning sobiq chempioni Konor MakGregor "Dallas Kovboys" klubi xo'jayini Jerri Jons bilan uchrashuvda promoushen turnirlaridan birini jamoaning Texasdagi uy stadionida o'tkazishni taklif qildi.
"Bunday joyga ana shunday tomoshalar mos keladi. Kun kelib, oktagon shu arenaning markazida bo'ladi. Men buni amalga oshirishga harakat qilaman. Bu haqida avvallari ham ko'plab gap-so'zlar bo'lgan. Ammo, oxirigacha etib kelmagandik. O'ylaymanki, hozir buning ayni payti", - dedi MakGregor.
Eslatib o'tamiz, stadionning sig'imi 80 ming tomoshabinga mo'ljallangan. Maydonga joy qilinadigan bo'lsa, bu ko'rsatkich 105 mingga etadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar