26 noy 14:17
Yangiliklar
Makgregor Irlandiya hukumatini tanqid ostiga oldi
"Kecha Dublin shahri markazidagi jirkanch manzaralar — Irlandiya hukumatining muvaffaqiyatsiz siyosati tufayli odamlar g'azabdan do'konlarni talon-taroj qilmoqda. Bu tuzum hech muvaffaqiyatli siyosat olib borganmi? Sog'liqni saqlash to'xtab qolgan.
Dahshatli turar-joy inqirozi, ochiq immigraciya va ko'chalarimizdagi xavf har qachongidan ham jiddiy. Bu tuzumning yaxshi tomoni bormi? Kecha tunda ko'chalarimizni talon-taroj qilib, vayron qilgan odamlarni tanqid qilishimiz mumkin va shunday qilamiz. Ammo, hammasi tugagach, Irlandiya hukumatining barcha muvaffaqiyatsiz siyosatlari qaytadi. Biz harakatni kutyapmiz. Motam tutganlarning oilalari kutishmoqda. Biz buni unutmaymiz, xafa bo'lganlarni qo'llab-quvvatlaymiz. O'zgarishlar qiling yoki yo'l bering", - deb yozadi Makgregor ijtimoiy tarmoqda.
Fikrlar