01 avg 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor Nurmagomedov bilan shartnoma imzolashga yaqin
Orziqib kutilayotgan Konor va Xabib o'rtasidagi jang shu yilning kuz oylarida o'tkazilishi mumkin.
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor amaldagi jahon chempioni Xabib Nurmagomedov bilan ushbu jang yuzasidan shartnoma imzolashga yaqin turganligini tasdiqladi.
“Hozircha barchasi norasmiy tarzda. Lekin Nurmagomedov bilan jang shartnomasiga imzo chekishga juda yaqin turibmiz. O'ylaymanki, muxlislar tez orada ajoyib yangilikdan boxabar bo'lishadi. Jang shu yilning o'zidayoq o'tkaziladi”, - dedi Konor.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar