03 avg 16:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregorni mag'lub etgan Neyt Dias qaytmoqda
Aralash qoidalar bo'yicha UFC kompaniyasi Dastin Pore va Neyt Dias o'rtasida jang o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Ushbu jang 3 noyabr kuni UFC 230 turniri doirasida bo'lib o'tadi. Bu haqda kompaniyaga yaqin manbalarga tayanib ESPN telekanali xabar bermoqda. Rasmiy xabar bugun tunda UFC tomonidan Los-Anjeles shahrida tashkil etiladigan matbuot anjumanida elon qilinadi.
Malumot uchun, Neyt Dias so'nggi bor 2016 yilning avgust oyida oktagonga chiqqan edi. O'shanda u Konor Makgregorga qarshi kechgan revansh jangida mag'lubiyatga uchragan edi. Bu ikki sportchining ilk jangida Dias og'ritish usuli bilan nomdor raqibini muddatidan avval taslim etgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar