06 okt 10:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregorning murabbiyi: “Konor qo'l zarbasi bilan Xabibni qulatadi”
Konor Makgregorning MMA, yani aralash qoidalar bo'yicha murabbiyi Jon Kavana shogirdining tayyorgarligi haqida intervyu berdi.
“Konor o'zining so'nggi jangida Floyd Meyvezerga qarshi boks qoidalari asosida ringga ko'tarilgandi. O'sha jangga tayyorgarlik ko'rishda biz qo'l zarbalarini yaxshigina o'zlashtirib oldik. Ishonchim komilki, Xabibga qarshi kechadigan jangda Konorning asosiy quroli aynan qo'l zarbasi bo'ladi”, - dedi Kavana UFC rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Nurmagomedov - Makgregor jangi UFC 229 shousining markaziy bahsi hisoblanalib, bizning vaqt bilan ertaga tongda Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar