05 okt 19:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Manba: CHimaev ayni damda CHechenistonda va u harbiy safarbarlik tufayli Rossiyani tark eta olmayapti
CHechenistonlik UFC jangchisi Xamzat CHimaev harbiy safarbarlik tufayli Rossiya hududini tark eta olmaydi.
Bu haqda Combate nashri xabar tarqatgan.
Berilgan malumotlarga ko'ra, CHimaevning hujjatlari malumotlar bazasida mavjud bo'lib, unga ko'ra Xamzatning Rossiya hududini tark etishi taqiqlangan. Yaqindagina CHimaevning o'zi bir necha bor unda Rossiya fuqaroligi mavjudligini bildirgan edi.
Xamzat CHimaev so'nggi bor 12 sentyabr kuni Kevin Xolland bilan jang qilib, g'alaba qozongan edi.
Avvalroq, Bo Nikal Xamzat CHimaevni jangga chorlagan edi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar