15 may 08:25
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Siti" oxirgi uchta o'yinda uch ochko qo'lga kiritsa, APL chempioni bo'ladi
"Manchester Siti" jamoasini chempionlikdan bitta g'alaba ajratib turibdi.
Kecha "Arsenal" "Brayton"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu bilan "Man Siti" (85) va "Arsenal" (81) o'rtasidagi farq 4 ochkoligicha qoldi. "Manchester Siti" zaxirasida esa bitta o'yin bor.
"SHaharliklar" oxirgi uchta o'yinda uch ochko jamg'arishsa, APL chempionligini naqd qilishadi. "Man Siti" o'zining APLdagi keyingi uchrashuvlarini "CHelsi", "Brayton" va "Brentford"ga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar