21 sen 18:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Mario Bautista: "Xabib - istisno. Qolgan Nurmagomedovlarni engish mumkin"
Bir oydan keyin Umar Nurmagomedovga qarshi oktagonga chiqadigan Mario Bautista bu familiya qandaydir ustunlik beradi yoki raqibini engilmas qiladi, deb o'ylamaydi.
"Biz Nurmagomedovlarni engilmas deb hisoblamaymiz. Ular ajoyib greppler. Usman - PFL chempioni. Ular orasida Xabib shunchaki istisno, chunki u haqiqatan ham buyuk. Qolgan Nurmagomedovlarni mag'lub etish mumkin. Ko'pchilik ularning familiyasidan kelib chiqib kuchiga baho beradi. Aslida unday emas. Bizda bu jangga tayyorgarlik ko'rish uchun barcha kerakli vositalar hamda sparring sheriklarimiz bor", - dedi amerikalik jangchi MMA Junkie radiosiga bergan intervyusida.
O'ta engil vazn toifasi vakili bo'lgan Umar Nurmagomedov va Mario Bautista o'rtasidagi potencial davogarlik jangi 25 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 321 turnir doirasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : MMA Junkie Radio
Fikrlar