15 noy 19:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Mashrabjon Ro'ziboev: Ikkita vaznda kim bilan bo'lsa ham kamar uchun jang qilishga tayyorman
Kecha Qozog'istonning Almati shahrida Octagon 25 turniri bo'lib o'tdi.
Mashrabjon Ro'ziboev oqshomning asosiy kardida ukrainalik Aleksandr Linnikka qarshi jang qildi va dastlabki daqiqadayoq texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi. G'alabadan so'ng Ro'ziboev kamar uchun jang so'radi.
«Keyingi jangga tayyorman. -70 kgmi, -77 kgmi, farqi yo'q. Kamar uchun kim bilan bo'lsa ham jang qilishga tayyorman. Meni qo'llab-quvvatlab turgan hammaga rahmat», - dedi MMAchimiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar