14 avg 12:03
Yangiliklar
Maxachev Nurmagomedovning UFC`ga o'tishi haqida gapirdi
Bu haqda uning jamoadoshi, UFC engil vazn toifasi chempioni Islam Maxachev fikr bildirdi.
U jurnalistlarning Usman Nurmagomedov UFC engil vazn reytingidagi jangchilardan biri bilan to'qnash kelishi mumkinligi haqidagi fikriga qo'shildi, biroq aniq nomlarni keltirib o'tirmadi.
"U muhitni his qilishi kerak, — dedi Maxachev Nurmagomedovning UFC`ga o'tishi haqida. — Bitta jang o'tkazishi kerak. CHunki UFC — eng yirik ligalardan biri. Boshqa ligadan kelib, darrov chempionlik uchun jang qilish... Bu imkonsiz emas, lekin... U kelib, muhitni, mediadagi bosimni va qolgan barcha narsalarni his qilishi kerak. SHundan so'ng esa keyingi jangida chempionlik uchun kurashsa bo'ladi".
Malumot uchun, 28 yoshli Usman Nurmagomedov hozirda PFL ligasi bilan hamkorlikni uzaytirish yoki UFC bilan shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Yaqinda uning menejeri Ali Abdel-Aziz bu jarayon bir necha oy davom etishini malum qilgandi.

Fikrlar