14 may 12:49
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/38654_220.jpg)
Mayki Garsiya va Robert Ister birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazishadi
Engil vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Mayki Garsiya hamda IBF chempioni Robert Ister o'zaro birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tarilishadi.
Nihoyat, tomonlar bu borada kelishib olishdi. Birlashtiruvchi chempionlik jangi 28 iyul kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tadi. Ushbu boks oqshomi doirasidagi yana bir chempionlik jangida ikkinchi o'rta vazn toifasida WBO chempioni 21 yoshli David Benavides o'z kamarini himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, bir muddat avval Mayki Garsiya birinchi yarim o'rta vazn toifasida o'ziga tegishli bo'lgan IBF chempionlik kamaridan voz kechgan va engil vaznga qaytgan edi. Garsiya bu vaznda so'nggi bor 2017 yilning yanvar oyida ringga ko'tarilgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar