21 okt 11:52
Yangiliklar
Boks/MMA

"Men 16 oy ichida 20 soniyagina jang qildim". Ngannu jangga chanqoqligi haqida gapirdi
UFCning og'ir vaznida chempionlikka asosiy davogar jangchi Fransis Ngannu o'z noroziligini namoyish qildi.
"So'nggi ikki yilda og'ir vaznda bor yo'g'i ikkita chempionlik jangi o'tkazildi. Yaqin orada shunday jang bo'ladimi yoki yo'qmi, bunisi hali nomalum. Davogarlar jang qilishi kerak.
Aftidan, Miochich mart oyigacha qaytmasa kerak. Agar shunday bo'lsa, men o'z jangimni deyarli bir yil kutgan bo'laman. Men 16 oy ichida 20 soniyagina jang qildim. Bu dahshat!", - deb yozadi Ngannu o'zining Tvitter sahifasida.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar