18 avg 13:18
Yangiliklar
Boks/MMA

"Men aynan u tufayli sportga qaytdim" - Xamzat CHimaev
Birlashgan Arab Amiriklari sharafini himoya qiluvchi aralash yakkakurash ustasi, o'rta vazn toifasida UFC chempioni Xamzat CHimaev sportga qaytishiga sababchi bo'lgan inson haqida gapirdi.
U CHecheniston rahbari Ramzan Qodirovdan minnatdor ekanini aytmoqda.
"Men Ramzan Qodirov tufayli bu sportga qaytdim. Faoliyatimni yakunlaganimda aynan u meni yana shu sportga qaytardi. Unga CHechenistonga UFC kamarini olib boraman, deb vada bergandim. Vadamning ustidan chiqdim, chempion bo'ldim. Endi kamarni tug'ilib o'sgan vatanimga olib borish qoldi!", dedi CHimaev.
Xamzat kecha UFC 319 turnirining markaziy jangi doirasida janubiy afrikalik Drikyus Dyu Plessini mag'lub etib, chempionga aylangandi. Aynan Ramzan Qodirov tushkun holatga tushib qolgan paytda Xamzat CHimaevning davolanishiga yordam bergan edi.
Havola :
Manba : MMATM
Fikrlar