05 iyu 14:59
Yangiliklar
Boks/MMA
"Men bo'lmasam, boshqa kim?". Misha Teyt SHevchenkoga qarshi jang haqida gapirdi
UFC 275 turniridagi g'alabadan so'ng chempion Valentina SHevchenko Misha Teyt bilan jang qilish istagini bildirgandi.
O'z navbatida Misha Teyt ham qirg'izistonlik chempionga qarshi jangga tayyorligini bildirdi. Teyt ungacha 16 iyul kuni Loren Myorfiga qarshi jang qilishi lozim.
"Ha, agar men bo'lmasam boshqa kim? Men sobiq chempionman, keling bu shouni hoziroq tashkil qilamiz. Men eng zo'rlar bilan urishmoqchiman. Men Valentinaga qarshi jang qilmoqchiman.
Loren kuchli jangchi, u kuchli beshlik orasida. SHu sababli ham u bilan jangdagi g'alaba men uchun katta ahamiyatga ega. Bu meni divizionni tozalashga ulgurgan Valentinaning oldiga olib chiqadi", - dedi Teyt.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar