14 avg 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Merab Dvalishvili: "Pyotr, tirikmisan?"
UFC`ning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Merab Dvalishvili ijtimoiy tarmoqlar orqali o'zining principial raqibi Pyotr Yanga yana murojaat qildi.
"Seni ko'rmaganimga ancha bo'ldi. Pyotr, tirikmisan? Bahordan beri seni kutyapman. Qachon qaytishingni bildirib qo'y, seni sog'indim", — deb yozdi Dvalishvili.
Eslatib o'tamiz, 2023 yilning mart oyida Merab Pyotrni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi. O'tgan yilning dekabr oyida esa Yan revansh olib, Dvalishvilidan chempionlik kamarini tortib oldi, biroq jarohati sababli uni hali biror marta ham himoya qila olmadi.
Norasmiy malumotlarga ko'ra, eski raqiblar o'rtasidagi uchinchi jang 24 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC 333 turnirida bo'lib o'tadi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar