So’nggi yangiliklar

20:57FIFA Series. Ўзбекистон Габонни мағлубиятга учратди 0 18:45МЮ италиялик хавбекни қўлга киритмоқчи 0 18:20Одилхон Тошкентда жанг қилади. Рақиб эълон қилинди (ВИДЕО) 0 17:56Георгий Агзамов халқаро хотира турнири якунланди 0 17:30Шавкат Раҳмоновнинг рафиқаси озодликдан маҳрум қилиш жазосига ҳукм қилинди 0 17:04Абдуқодир Ҳусанов Габон билан баҳсда майдонга туша олмайди. Сабаби маълум 0 16:39Эртага Самарқандда ATFC 28 турнири бўлиб ўтади 0 16:14Тошкентда қиличбозлик бўйича Жаҳон кубоги босқичи бошланди 0 15:49UFC Сиэттл турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 15:242026 йилда футбол клублари учун 560 млрд сўм ажратилади, Суперлига ва Пролига футболчилари даромад солиғидан озод этилади — Президент Қарори 0 15:01Эдди Хирн Жошуа қайси боксчи учун рингга қайтишга тайёрлигини айтди 0 14:40Арман Царукян фаолиятидаги энг қийин рақиби ким бўлганини айтди 0 14:18Делла Маддалена Махачев билан жангда йўл қўйган асосий хатоси қандай бўлганини айтди 0 13:54Ўзбекистон 1 апрель куни ЖЧдаги сўнгги гуруҳдошини билиб олади 0 13:25Муроджон Аҳмадалиев баҳордаёқ рингга қайтмоқчи 0

22 sen 10:52
Yangiliklar

Boks/MMA

Meyvezer Asakuraga qarshi ko'rgazmali jangdan qancha pul ishlab olishini aytdi

SHu hafta afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer yaponiyalik MMA jangchisi Mikura Asakuraga qarshi ko'rgazmali jangda ringga ko'tariladi.

Amerikalik afsona ushbu jang uchun taxminan 20 million dollar ishlab oladi.

"Bir daqiqada bir necha million. Faqat shu jang uchun 15-20 million dollar ishlab olaman. Bu ajoyib, shunday emasmi? To'qqiz daqiqa, 20 million, yomon emas!

Ko'rgazma janglari menga ko'proq sayohat qilish imkonini beradi. Ko'plab joylarga sayohat qilganman, lekin hozir men butun dunyo bo'ylab odamlarga xursandchilik ulashyapman.

Yaponiyada haqiqiy jang o'tkaza olmadim. Lekin ularga shou o'tkazishim yoqadi. Bu ularga eski Meyvezerni ko'rish uchun kichik imkoniyat. Bu ajoyib albatta. Ko'rgazmali janglarda katta pul topaman. Lekin aytganimdek, hech qanday haqoratga toqat qila olmayman.

Agar ular biron-bir tan jarohati etkazsa, butunlay ketishimga to'g'ri keladi. O'zimni qattiq kaltaklangan yoki jazoni qabul qiladigan holatga solib qo'ymayman. Zarba bermagunimcha, namoyish etishda va zavqlanishda davom etaman", - dedi Meyvezer.

Eslatib o'tamiz, Asakura bilan jang 25 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Meyvezer uchun bu professional faoliyatini yakunlaganidan keyingi to'rtinchi ko'rgazmali jang hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing