06 iyu 09:34
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/39915_220.jpg)
Meyvezer eng ko'p haq to'lanadigan sportchi, Makgregor esa...
Afsonaviy engilmas bokschi Floyd Meyvezer Forbes jurnali tomonidan 2017 yilning eng ko'p haq to'lanadigan sportchisi deb topildi.
Jurnal malumotiga ko'ra, amerikalik bokschi aralash qoidalar bo'yicha sobiq UFC chempioni Konor Makgregorga qarshi kechgan jangdan 275 million dollar ishlab olgan. Yana 10 million dollar daromad reklama roligidan kelgan.
Konor Makgregor esa ushbu ro'yxatning to'rtinchi pog'onasidan joy oldi. Irlandiyalik jangchi o'tgan 2017 yilda bankdagi hisob raqamini 99 million dollarga to'ldirib oldi. Ushbu summadan 85 millionini u Floyd Meyvezerga qarshi kechgan jangi uchun gonorar sifatida olgan. Summaning qolgan qismi esa 14ta reklama shartnomasidan kelib tushgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar