26 may 15:44
Yangiliklar
Boks/MMA

“Monstr” Inoue endi uchta vazn toifasida jahon chempioni
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangida yaponiyalik “Monstr” Naoya Inoue (16-0, 14 KO) 53,5 kg vaznda WBA Regular chempioni britaniyalik Jeymi Makdonnell (29-3-1, 13 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
Makdonnell uchun bu ettinchi chempionlik himoya jangi edi. Inoue esa boshqa vazn toifasi vakili sifatida ringga chiqdi. Jang birinchi raunddayoq yakuniga etdi.
Yaponiyalik bokschining ketma-ket kuchli zarbalarini o'tkazib yuborgan Makdonnell qiyin ahvolga tushib qoldi. Ikkinchi nokdaun holatidan so'ng referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Bu bilan 25 yoshli Inoue 3ta vazn toifasida jahon chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar