21 may 19:03
Yangiliklar
Futbol
Mourinyu "Roma" va "Manchester Siti"ning harajatlarini solishtirdi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu o'z klubining "Manchester Siti" oldidagi moliyaviy imkoniyatlarini baholadi.
"Futbolchilarning jarohat olishidan zaxirasida 40-70 mlnlik futbolchilari bor jamoa aziyat chekmaydi. ECHL yarim finali javob o'yinida "Manchester Siti"ning zaxirasidan tushgan futbolchilarni qarang: Xulian Alvares, Fil Foden va Riyad Marez.
Agarda bizda 4-5 futbolchi safdan chiqsa, muammolar boshlanadi. Bu tabiiy. "Roma"da jarohatlangan futbolchilar bor va tekinga olib kelingan futbolchilar ularning o'rnini egalladi.
Biz 7 mln evro ishlatib, Evropa ligasi finaliga chiqdik. Menimcha bu ajoyib natija", - dedi Mourinyu.
"Roma" Evropa ligasi finalida 31 may kuni "Sevilya"ga qarshi o'ynaydi. O'tgan mavsumda rimliklar Mourinyu qo'l ostida Konferenciyalar ligasi g'olibi bo'lgandi.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar