19 iyu 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Murabbiy nima uchun Beterbiev - Bivol jangi ehtimoli pastligi haqida gapirdi
Yarimog'ir vazn toifasida WBA kamari sohibi Dmitriy Bivolning murabbiyi Gennadiy Mashyanov shogirdining Beterbievga qarshi ehtimoliy jangi haqida gapirdi.
"Bugungi kunda vaziyat shundayki, Bob Arum Entoni Yard bilan jangni anons qilgan. Bu WBO bo'yicha himoya jangi bo'ladi. Tushunishim bo'yicha, barcha masala hal qilingan. Arum Beterbiev - Bivol jangini DAZNga bermoqchi emas. O'z navbatida DAZN ushbu bahsni ESPNga berib qo'ymoqchi emas.
Ko'p narsa pulga bog'liq. ESPN DAZN kabi bunday pullarni to'lashga tayyor emas. Beterbiev va Bivol jangi Amerikada xech kimga qiziq emas. U erda xech kim pul to'lamaydi. Rossiya bo'yicha gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Birinchidan, mamlakatimizda himoya janglarini o'tkazish taqiqlangan. Ikkinchidan, ushbu jang uchun pul to'laydigan insonlar yo'q", - dedi Mashyanov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar