28 sen 13:30
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/45873_220.jpg)
Murabbiy: "Xabib matbuot anjumanida MakGregorni mag'lub etdi"
Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes Konor MakGregorga qarshi jang oldidan o'tkazilgan matbuot anjumani haqida gapirdi.
"Men jang shartnomasi imzolanishi oldidan Xabib bilan gaplashgandim. Unga Konor turli mavzularda, jumladan oila, din, siyosat kabi masalalarda gapirishini aytganman. Ammo, anjuman davomida MakGregorning bu ishlari tasir qilmadi. Ko'z urishtirishda kim g'alaba qozondi? OAV bilan kim yaxshiroq gaplashdi? MakGregor muntazam ravishda gapirib turdi. Bu borada u yaxshiroq ko'rindi. Biroq, qolgan barcha jihatlarda Xabib g'alaba qozondi", - dedi Mendes.
Eslatib o'tamiz, Konor va Xabib o'rtasidagi jang 6 oktyabr (Toshkentda 7 oktyabr tongi) kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar