So’nggi yangiliklar

13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0

15 dek 10:24
Yangiliklar

Boks/MMA

Murodjon Ahmadaliev jangga tayyorgarlik va raqibi haqida nimalar dedi?

Bizning vaqt bilan yakshanba tongida AQSHning Arizona shtatida joylashgan "Desert Diamond" arenada professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Xabaringiz bor, turnir kardidan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev ishtirokidagi jang ham o'rin olgan. Ikki yo'nalishda sobiq jahon chempioni o'z kamarlarini qaytarib olish uchun ilk qadamini tashlaydi. Ahmadaliev davogarlar jangida meksikalik Kevin Gonsalesga qarshi ringga ko'tariladi. 

CHarm qo'lqop ustamiz kecha bir nechta media tadbirlar, xususan face to face, matbuot anjumanida ishtirok etdi. Bugun bokschilar tarozidan o'tishadi. Biz yakshanba tongidan o'rin olgan muhim jang oldidan charm qo'lqop ustamiz bilan bog'lanib, tayyorgarlik haqida so'radik. 

"Albatta, meni faoliyatimdagi muhim janglardan biri kutib turganini his etib turibman. Eliminator jangi g'olibi chempionlik kamari uchun ringga chiqish huquqini qo'lga kiritadi. Tayyorgarlik ham shunga monand tarzda bo'ldi. To'g'ri, mashg'ulot jarayonida yonimda SHahram G'iyosov, Bahodir Jalolov, Bektemir Meliqo'ziev, Isroil Madrimov, Elnur Abduraimov kabi do'stlarim to'liq bo'lishmadi. Lekin ular bilan har kuni gaplashib turdik. Murabbiylarim bilan birgalikda reja asosida tayyorgarlik ko'rdik. Raqib meksikalikligining o'zi ko'p narsadan darak beradi. Meksikaliklar zarbalarga chidamli bo'lishadi. Ammo menga hozir raqibning farqi yo'q. CHempionlik kamarlarini qaytarib olish uchun astoydil kirishganman. Bu yo'lda birinchi navbatda Gonsalesni mag'lub etishim kerak. Xalqimiz duo qilib turishsa, hammasi yaxshi bo'ladi. Ularni xursand etish uchun borimni beraman", - dedi Ahmadaliev.

Eslatib o'tamiz, ushbu jang WBA kamari uchun Eliminator, yani saralash vazifasini o'tab beradi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing