14 iyu 07:41
Yangiliklar
Nahotki! Tayla Santos Valentina SHevchenkoni mag'lub etganmidi?
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni, hozirda esa ushbu promoushenda sharhlovchilik qilayotgan Daniel Korme Valentina SHevchenko — Tayla Santos jangi hakamlarining qaroriga qo'shilmasligini malum qildi.
"SHevchenko bu jangda mag'lub bo'ldi. Bu mening fikrim. Tayla Santos UFC chempionligiga erishish uchun borini berdi. U juda ko'p teykdaunlarni amalga oshirdi, Valentinani parterda nazorat qildi. Nima uchun sabmishenlarning hisobga olinmaganini tushunmayapman. Tayla birinchi raunddayoq raqibasini bo'g'ishga urinib, o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi", - dedi Korme.
Eslatib o'tamiz, SHevchenko — Santos jangi yakshanba tongida, Singapurda bo'lib o'tdi. Jangda Valentina g'alaba qozonib, o'z kamarini naq ettinchi bor himoya qilishga erishdi.
Fikrlar