07 sen 17:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Neyt Diaz qay holatda UFC bilan yangi shartnoma imzolashini aytdi
Amerikalik UFC jangchisi Neyt Diaz qay holatda promoushen bilan yangi shartnoma imzolashini malum qildi.
"Biz bu borada oldinga qadam tashlamadik. Har safar men yo'q deganimda, ular kattaroq summa bilan meni qaytarishadi. Ular salbiy javob olishmaydi. Sizlar haqiqatan ham qolishimni istaysizlarmi?
Men shartnoma imzolaganimda o'n nafar homiyim bo'lishi kerak edi. Menga barcha do'stlarim uchun shartnoma kerak. Kelishuvga erishilganidan keyin jang qilishim kerakligi haqida o'ylashim mumkin. Nima qilishim to'g'risida o'zim qaror chiqaraman. Hech kim menga bu borada tasir o'tkaza olmaydi", - deya Diazning so'zlarini keltiradi MMA News nashri.
Neyt Diazning navbatdagi, katta ehtimol bilan UFC'dagi so'nggi jangi 11 sentyabr kuni Xamzat CHimaevga qarshi bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar