25 sen 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Neyt Diaz Xamzat CHimaev tomon keskin fikr bildirdi
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi Neyt Diaz Xamzat CHimaevning o'rta vaznga o'tish haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
SHveciyalik jangchining o'zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida o'rta vaznga o'tishi haqida xabar bergan edi.
"SHubhasiz, men seni yarim o'rta vazn toifasidan chiqarib tashladim. Ahmoq", - deb yozadi Diaz CHimaevning posti ostidagi izohlarda.
UFC 279 turnirida CHimaev Neyt Diaz bilan jang qilishi kerak edi. Ammo, Xamzat keragidan ortiq vazn qayd etgani uchun jang bekor qilingandi. Natijada Neyt Diaz Toni Fergyusonga qarshi oktagonga ko'tarilgan va bo'g'ish usuli evaziga g'alaba qozongandi. Bu Neyt Diazning UFCʼdagi so'nggi jangi bo'lib qoldi.
CHimaev esa Kevin Xolland bilan to'qnash keldi va birinchi raunddayoq raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Bu CHimaev uchun MMAʼdagi 12-g'alabasi bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar