27 sen 10:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Neyt Diaz Xamzatning o'rta vaznga o'tishiga munosabat bildirdi
Amerikalik jangchi Neyt Diaz shveciyalik Xamzat CHimaev faoliyatini o'rta vazn toifasida davom ettirishga qaror qilgani haqidagi xabarga izoh berdi.
"Men sening yarim o'rta vazndagi yurishingni to'xtatdim. Ahmoq!", - deb yozadi Diaz ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o'tamiz, UFC 279 turnirida CHimaev Neyt Diaz bilan jang qilishi kerak edi. Ammo, Xamzat keragidan ortiq vazn qayd etgani uchun jang bekor qilingandi. Natijada Neyt Diaz Toni Fergyusonga qarshi oktagonga ko'tarilgan va bo'g'ish usuli evaziga g'alaba qozongandi. Bu Neyt Diazning UFCʼdagi so'nggi jangi bo'lib qoldi.
CHimaev esa Kevin Xolland bilan to'qnash keldi va birinchi raunddayoq raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Bu CHimaev uchun MMAʼdagi 12-g'alabasi bo'ldi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar