10 sen 08:48
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/234779_220.jpg)
Neyt Diaz yoshligida kimlarga havas qilgani haqida gapirdi
Amerikalik mashhur UFC jangchisi Neyt Diaz yoshligida kimlarga havas qilganligini aytdi.
"Bu yigitlar erishib bo'lmaydigan darajada edi. Ular men uchun dunyodagi eng mashhur insonlar. Bu yigitlar UFC kamariga ega bo'lgan va tashkilot aytgani uchun ular o'zlarini eng zo'r deb hisoblashadi. Ammo, men uchun har doim eng zo'rlari — Xoys Gresi, Fedor Emelyanenko va Bi Jey Penn. Bu insonlar jangchi bo'lishimning asosiy sababchilari hisoblanadi", — dedi Diaz ESPN MMA Youtube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Neyt Diaz navbatdagi jangini shveciyalik jangchi Xamzat CHimaevga qarshi o'tkazishi lozim edi. Lekin, CHimaev vazn meyorini bajara olmadi va endilikda Diaz Toni Fergyuson bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar