21 may 09:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Nihoyat, Tayson Fyurining raqibi malum bo'ldi, u nokautchi!
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempion Tayson Fyurining raqibi nomiga rasman oydinlik kiritildi.
Britaniyalik bokschi 9 iyun kuni albaniyalik Sefer Seferiga qarshi ringga ko'tariladi. 39 yoshli Seferi “albaniyalik Tayson” nomi bilan tanilgan Nuri Seferining kichik ukasi hisoblanadi.
Seferi professional boksda 24ta jang o'tkazib, ularning 23tasida g'alaba qozongan. Yigirma bitta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Faqat bir marotaba mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Aksariyat janglarini birinchi og'ir vazn toifasida o'tkazgan. 2016 yildan buyon superog'ir vaznda ringga chiqib kelmoqda.
Havola :
Fikrlar