30 okt 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Nodirjon Mirzahmedov g'alabadan so'ng nimalar dedi?
-48 kg vaznli bokschimiz Nodirjon Mirzahmedov ilk jangida irlandiyalik raqib ustidan g'alaba qozondi va ushbu bahs haqida fikr bildirdi.
"Birinchi jang og'ir bo'ldi, shunga qaramasdan yaxshi jang qildik va g'alabani tantana qildik. Keyingi raqibim qozog'istonlik bokschi bo'ladi. U ancha tajribali va kuchli bokschi. U bilan avvallari ham jang qilganmiz. Endi kim g'olib bo'lishini ringda bilib olamiz.
Jamoadoshlarimning mag'lubiyatlari? Ularni mag'lub bo'ldi deb aytmagan bo'lardim. Biz endi ular uchun ham harakat qilamiz", - dedi bokschimiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar