02 iyu 10:51
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich: "O'zimni buyuk deb hisoblamayman"
"Katta Dubulg'a" turkumidagi turnirlarning 23 karra chempioni, dunyoning sobiq birinchi raketkasi Novak Jokovich o'zini buyuk deb hisoblamaydi.
"O'zimni buyuk deb hisoblamayman. Buni boshqa sportchilar, bizning yo'limiz uchun talpingan yoshlarga nisbatan hurmatsizlik deb o'ylayman. Ha, tarixning bir bo'lagi bo'lganimdan doimo tasirlanaman", - dedi Jokovich.
Yaqindagina serbiyalik tennischi Franciya ochiq chempionatining chempioniga aylandi. U finalda Kasper Ruudni 7:6 (7:1), 6:3, 7:5 hisobi bilan mag'lub etdi. U 23 marta "Katta Dubulg'a" turkumidagi turnirlar g'olibi bo'lgan va bu borada u yaqqol rekordchi hisoblanadi. SHuningdek, u Australian Open turnirlarining 10 karra, Uimbldonning 7 karra g'olibidir.
Havola :
Manba : Independent
Fikrlar