16 avg 12:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov - Makgregor jangi chiptalari osmon narxda sotilmoqda
Aralash qoidalar bo'yicha UFC kompaniyasi rasman UFC 229 turniri uchun chiqarilgan chiptalar narxini elon qildi.
Ushbu oqshomning markaziy jangida engil vazn toifasida jahon chempioni Xabib Nurmagomedov sobiq chempion Konor Makgregorga qarshi oktagonga ko'tariladi. CHiptalarning eng arzoni 205, eng qimmati esa 2505 dollardan sotilmoqda.
Bu joriy yil hisobidan o'tkazilgan UFC turnirlari uchun sotilgan eng qimmat chipta bahosi sifatida qayd etildi. UFC 228 turniri doirasidagi yarim o'rta vaznda jahon chempioni Tayron Vudli hamda davogar Darren Till o'rtasidagi jang uchun chiqarilgan chiptalar 60 dollardan 1950 dollargacha sotilgan.
Havola :
Fikrlar