18 avg 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/43680_220.jpg)
Nurmagomedov vs Makgregor: CHiptalar 3 daqiqada sotib bo'lindi
Aralash qoidalar bo'yicha yil shousi sifatida etirof etilayotgan UFC 229 oqshomi uchun chiqarilgan chiptalar 180 soniya ichida sotib bo'lindi.
Ushbu kechaning markaziy jangida engil vazn toifasida UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov ikki vaznda sobiq jahon chempioni irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi oktagonga chiqadi.
Jang o'tkaziluvchi Las-Vegas shahridagi arena o'z bag'riga 20 000 tomoshabinni sig'dira oladi. Eng arzon chiptaning narxi 205 dollar edi. Eng qimmat chiptalar esa 2505 dollardan xarid qilindi. Uch daqiqa ichida chiptalar o'z egalarining qo'liga etib borgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar